Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA KONSTITUTSIYAGA KIRITILAYOTGAN O’ZGARISHLARNING HAR BIR BANDI BO’YICHA.

×

 2022-08-16 08:42:26    139

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o’zgarishlarning har bir bandi bo’yicha alohida ovoz berish imkoniyati bo’lgan referundum o’tkazish taklifi bildirilgan.

Ma'lumot uchun, Konstitutsiyaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun loyihasida 60ta moddada 200 dan ortiq o’zgarishlar rejalashtirilgan. Birinchidan, ularning har bir uchun alohida ovoz berish va referundum o’tkazish qanchalik ko’p vaqt olishini tasavvur qilib ko’ring. Ikkinchidan qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga qo’yildi. Ya'ni har bir fuqaro o’zining taklifini berishi, e'tirozini bildirishi uchun yetarlicha vaqtga, imkoniyatga ega bo’ldi. Albatta bu imkoniyatdan foydalangan jamoatchilikning faol qatlami takliflarini bildirdi. E'tirozlarini ham. Taklif etilayotgan o’zgarishlarning barchasi aynan shunday takliflar orqali shakllantirildi. 

Endi umumiy o’zgartirishlarga xalqning munosabatini aniqlashtirib olish uchun referendum o’tkaziladi va bu amaliyot butun dunyoda mavjud. Uzoqqa borib o’tirmaylik. Birgina qo’shnimiz Qozog’iston ham yaqinda Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha referendum o’tkazdi va unda hamma bir vaqtda, bittadan ovozi bilan umumiy o’zgarishlar bo’yicha ovoz berdi. 

Asosiysi har kim bugungi o’zgarishlar bo’yicha o’z takliflarini bildirish imkoniyatiga ega edi. O’z huquqlaridan foydalangan faol fuqarolarimiz bugungi o’zgarishlar bo’yicha loyihada aks etgan ko’plab takliflarni bildirib o’tishdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram