ENG BAXTLI AYOL - BIZNING JAMIYAT AYOLIDIR
2022-08-13 20:37:49 229
Yig’ilishda Bosh vazir o’rinbosari Z.Mahkamovaning Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida ajrim,jinoyatchilik,zo’ravonlik,notinch oilalar ,ayollarga berilayotgan imkoniyatlar,ularning sog’ligini tiklash masalalari,erta tug’ruq,erta homiladorlikni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan berilgan topshiriqlari tegishli rahbarlarga yetkazildi va ushbu topshiriqlar yuzasidan Kokilon MFY da 7 oy davomida olib borilgan ishlar tahlil qilindi. Kamchiliklarni bartaraf etish choralari ishlab chiqildi.
D.Mehmonova o’z so’zida sohaga doir belgilab berilgan manzilli ishlar ijrosi va oldinda turgan muhim vazifalarga birma-bir to’xtalib o’tdi. O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilayotganligi va referendum o’tkazilishi to’g’risida mahalla faollariga tushunchalar berib o’tdi.
Samimiy va ochiq tarzda o’tkazilgan muloqotda otinoyilar, mehnat faxriylari va mahalla faollari so’zga chiqishib, o’z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram