YANGI XIZMAT KO’RSATISH SHAHOBCHASIDA
2022-08-09 18:23:36 210
Joriy yilning 8 avgust kuni “Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ- sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida shahar xokimi Z.To’rakulov, hamda sektor rahbarlari bilan birgalikda Quvasoy shahridagi “Kamron-K” MChJ rahbari I.Mashrapboyev tashabbusi bilan 340.000.000 so’mga yaqin sarmoya kiritilib, smena bilan 10 nafar yoshlar ish bilan ta'minlanib , “RED WASH” avtomobillarga xizmat ko’rsatish maqsadida “Mashinalarni yuvish” shahobchasi ochilish marosimida bo’ldi.
Mazkur shahobchada avtomobillarga xizmat ko’rsatish bo’yicha 5 nafar avtomobillarni ta'mirlash mutaxassisi va ularga ustoz shogird an'anasini davom ettirish maqsadida 5 nafar hunar o’rganish istagini bildirgan yoshlar jalb qilinib, kelgusida aholiga sifatli xizmat ko’rsatish bilan birga yoshlarga hunar o’rgatish ustuvor maqsad etib belgilangan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram