Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2022 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

E'LON MATNI

×

 2022-05-11 22:41:40    52

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga 2022/2023 o’quv yili uchun (fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma'muriy ixtisosliklar bo’yicha) talabgorlar qabuli davom etmoqda.

Tayyorlash kursiga o’ttiz to’rt yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma'lumotga va yuridik ixtisosligi bo’yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Tayyorlash kursi bir yillik o’quv dasturi bo’yicha davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni Sudyalar oliy maktabi yoki Fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va harbiy sudlar sudyalarining malaka hay'atlariga topshirishlari lozim:

-         tayyorlash kursi ixtisosligi nomini ko’rsatgan holda Oliy maktab direktori nomiga ariza;

-         talabgor tomonidan shaxsan to’ldirilgan so’rovnoma va tarjimai hol;

-         O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy varaqa (ob'ektivka) va yaqin qarindoshlari (talabgor va uning turmush o’rtog’ining ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, shuningdek talabgorning farzandlari) to’g’risidagi ma'lumotnoma, shu jumladan elektron shaklda;

-         oliy yuridik ma'lumot to’g’risidagi diplom (ta'lim yo’nalishi: yurisprudentsiya; ta'lim shifri: 5240100 (yoki 5380100 ) va uning ilovasi nusxalari (notarial tartibda tasdiqlangan yoki, agar xodim davlat organida ishlayotgan bo’lsa, ushbu davlat organining muhri bilan tasdiqlangan nusxasi);

-         talabgorning pasport yoki ID kartasi nusxasi;

-         mehnat daftarchasi nusxasi (notarial tartibda tasdiqlangan yoki, agar xodim davlat organida ishlayotgan bo’lsa, ushbu davlat organining muhri bilan tasdiqlangan nusxasi);

-         3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

-         O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakldagi odil sudlovni amalga oshirishga to’sqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlar yo’qligi haqidagi tibbiy ma'lumotnoma (086/1 shakl);

-      psixiatriya va narkologiya muassasalarida hisobda turmasligi to’g’risida ma'lumotnoma;

-         xorijiy davlat fuqaroligini olmaganligi yoki xorijiy davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi yashash guvohnomasiga yoxud boshqa hujjatga ega emasligi to’g’risidagi tilxat;

-         oxirgi uch yil davomida bajargan ishlari to’g’risida ish joyidan ma'lumot-tavsifnoma;

-         ish joyidan tavsiyanoma;

-         o’zi va yaqin qarindoshlarining sudlanganlik holati bo’yicha ma'lumotnoma.

Talabgorlar tomonidan taqdim etiladigan tegishli hujjatlar namunalari www.sudyalaroliymaktabi.uz saytiga joylashtirilgan.

Ma'lumot uchun tel: (998) 555-010-199.

Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Cho’ponota ko’chasi, 6-uy.

Qabul komissiyasi



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram