Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAHARDA 2021-YILDA JAMOATCHILIK FIKRI ASOSIDA SHAKLLANTIRILGAN TADBIRLARNI MOLIYALASHTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN MABLAG‘LAR TO‘G‘RISIDA

×

 2022-05-06 21:31:20    265

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi “Budjet

ma’lumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini

ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-

apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qarorlariga asosan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi

KQ-213-IV-sonli Qarori, shu bo‘yicha xalq deputatlari Quvasoy shahar

Kengashining 2021-yil 5-maydagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida

jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-XXVIII-191-sonli qarori bilan

tasdiqlangan namunaviy Nizomning 27,29-bandlari ijrosini ta’minlash

maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati

to‘g‘risida qonunining 6,24-moddalariga asosan Xalq deputatlari shahar

Kengashi

QAROR QILADI:

1. Xalq deputatlari shahar Kengashining 2021-yil 5-maydagi

“Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini

ta’minlash to‘g‘risida”gi VI-XXVIII-191-sonli qarori bilan tasdiqlangan

namunaviy Nizomning 27-bandiga asosan 2021-yilda jamoatchilik fikri asosida

shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan

shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri T.Mamasiddiqovning hisoboti ma’lumot

uchun qabul qilinsin.

2. Mazkur qaror bilan quyidagilar:

2021-yil “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoni natijalari bo‘yicha

ma’lumotlar 1 va 2-ilovaga muvofiq;

2021-yilda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘larining shakllanishi

to‘g‘risidagi ma’lumotlar 3-ilovaga muvofiq;

2021-yilda “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan jamoatchilik fikri

asosida shakllantirilgan (g‘olib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun

yo‘naltirilgan mablag‘lar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2022-yil fevral oyida o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish”

jarayonining 1-bosqichi uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori 3 980,4 mln.so‘m

miqdorida tasdiqlansin.

3. Shahar hokimligi Moliya bo‘limi (T.Mamamsiddiqov), Mahalla va oilani

qo‘llab quvatlash bo‘limi (A.Xaydarov), Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi

(B.Fazilov) hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan birgalikda fevral oyida

o‘tkaziladigan “Tashabbusli budjetlashtirish” jarayoniga keng jamoatchilikni jalb

etish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlarini olib borsinlar.

4. Shahar hokimligi Moliya bo‘limi (T.Mamasiddiqov), shahar hokimligi

Axborot xizmati (Z.Abdullajonov) "Tashabbusli budjetlashtirish" natijalari

bo‘yicha ma’lumotlarni keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet”

axborot portali hamda hokimlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish va har

chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar

joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.

5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari shahar

Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,

investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy

komissiyasi (A.Qasimov), ijrosini ta’minlash moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni

qisqartirish masalalari bo‘yicha shahar hokimining birinchi o‘rinbosari

(X.Xoldarov) zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi: M.Mexmonov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram