Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BARCHA SHAXSLAR OʻZ NOMIGA TOVAR BELGISINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISHI MUMKIN

×

 2022-02-26 14:09:59    205

PDF yuklash
Chop etish


“Intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

1. Qonun bilan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, Sanoat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi belgilandi.

Shunga asosan, tegishli patentlangan sanoat mulki obyektini oʻz ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qoʻllash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yoʻsinda kiritish kabi harakatlarni sodir etgan yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima solinishi mumkin.

Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi boʻyicha alohida belgilanadi.

Jarima summasi miqdorining 70 foizi huquqbuzar tomonidan bir oy ichida ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, huquqbuzar jarimaning qolgan summasini toʻlashdan ozod etiladi.

2. Qonun bilan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, barcha yuridik yoki jismoniy shaxs oʻz nomiga tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin (ilgari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan shaxslar).

Tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi belgilandi.

Shunga koʻra, tovar belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki ular bilan adashtirib yuboradigan darajada oʻxshash boʻlgan bir turdagi tovarlar uchun belgilardan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

3. Bundan tashqari, “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunda Firma nomlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarima solish asoslari va tartibi, shuningdek yuridik shaxslar tomonidan jarimani toʻlash tartibi mustahkamlandi.

"Advokatura toʻgʻrisida"gi Qonuniga kiritilgan oʻzgartirishlarga ko`ra advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazish endi davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Asos: OʻRQ–749-son, 02.02.2022-y.

Jinoyat ishlari bo’yicha

Quvasoy shahar sudining raisi Rustamjon Zaripov



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram