Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLINI RO‘YXATGA OLISHNI O‘TKAZISH

×

 2022-02-11 15:10:24    135

PDF yuklash
Chop etish



2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda respondentlar so‘rovi quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

1 — 5-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali aholini ro‘yxatga olish (5 kun);

6 — 10-noyabr kunlari — internet jahon axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantirish (5 kun);

11 — 22-noyabr kunlari — aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllari asosida uyma-uy yurib aholini ro‘yxatga olish (12 kun, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomaga asosan);

23 — 25-noyabr kunlari — har bir hisob uchastkasidagi uy-joy manzillarining 10 foizini tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida o‘rganish (3 kun).

Agar respondent yashab turgan xonadonida (joyida) ro‘yxatdan o‘tishni istamasa, ro‘yxatga oluvchi unga instruktorlik uchastkasiga borib ro‘yxatdan o‘tishni taklif etadi va uchastka manzilini beradi.

Instruktorlik uchastkalari 2023-yil 1 — 22-noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritadi.

Ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari, instruktorlar va ro‘yxatga oluvchilar belgilangan tartibda maxsus guvohnoma, sumka, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va kanselyariya buyumlari bilan ta’minlanadi.

Ro‘yxatga olish davrida instruktorlar (supervayzyerlar) ro‘yxatga oluvchilar tomonidan so‘rov o‘tkazilgan respondentlar sonini kunlik nazorat qilib boradi.

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishda ro‘yxatga oluvchi xodimlar:

so‘rov o‘tkazishdan oldin o‘zini tanishtirishi, respondentga o‘z guvohnomasini ko‘rsatishi, tashrif maqsadini tushuntirishi, shuningdek, ro‘yxatga olishda ishtirok etishning muhimligi, respondentlarning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiyligi ta’minlanishi va so‘rov taxminan qancha vaqt davom etishi to‘g‘risida ma’lumot berishi;

shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish jarayonida aholini ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollar ro‘yxatiga rioya etishi, ularning mazmuni buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

ro‘yxatga olish varag‘ida keltirilgan ketma-ketlik bo‘yicha savollar berishi, ro‘yxatga olish varag‘ida mavjud bo‘lmagan savollarni bermasligi;

aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnomada keltirilgan tushuntirishlardan tashqari respondentga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha ravishda tushuntirishlar berishi;

xushmuomala bo‘lishi, boshqa shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi yoki ularning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga xavf solmasligi, shuningdek, statistika organlari obro‘siga putur yetkazadigan harakatlardan saqlanishi;

shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi va ularning mazmunini oshkor qilmasligi;

o‘z vakolatlariga muvofiq ishlarni to‘liq, sifatli va belgilangan muddatlarda bajarishi lozim.

Ro‘yxatga oluvchilar instruktor (supervayzer), ro‘yxatga olish uchastkasi xodimlari ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va aniq bajaradi hamda bu borada boshqa ro‘yxatga oluvchilar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi mumkin.

Ro‘yxatga oluvchilar ish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning sabablari bo‘yicha instruktorga xabar beradi hamda imkon qadar mustaqil ravishda ushbu muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi.

Shuningdek, ro‘yxatga oluvchilar zarurat tug‘ilganda oilaviy ahvoli, sog‘ligi va boshqa kutilmagan holatlar haqida instruktorga xabar beradi.

Ro‘yxatga oluvchilar mustaqil ravishda ish rejasini tuzadi, zarur hollarda instruktor bilan maslahatlashadi, o‘ziga biriktirilgan hududdagi barcha binolarni hisobga olgan holda so‘rov o‘tkazish uchun qulay bo‘lgan yo‘nalishni belgilab oladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram