DAVLATIMIZDA TADBIRKORLIK SUB'EKTLARINING HUQUQLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILINISHI
2022-01-24 11:41:10 246
2022 yil 11 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishi bo’yicha yana bir yangi qonunga imzo qo’ydi.
Ushbu qonun bilan O’zbekiston Respublikasi Ma'muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
Ma'muriy Javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 2458-moddasi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik sub'ektlarining murojaatlari qismida), 2002 (tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari buzilishi qismida), 2411 — 2414, 2416, 2418, 24110-moddalarida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar taalluqlidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil nomidan ma'muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma'muriy jazolarni qo’llashga uning o’rinbosarlari va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir».
2-modda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta'minlanishi, 3-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirilishi, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlanishi bilan bog’liq.
Mamalakatimizda bugungi kunda tadbirkorlarga keng yo’l ochilgan bo’lib, ularning qonuniy manfaatlarini mustahkam himoya qilinishi, ularga yaratilgan bir qator qulayliklar, Davlatimizni iqtisodiy jihatdan o’sishiga olib kelmoqda.
Jinoyat ishlari bo’yicha
Quvasoy shahar sudining raisi Rustamjon Zaripov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram