SHAHAR HOKIMI NURONIYLAR BILAN UCHRASHDI
2021-12-26 18:44:03 240
Xalqimiz keksalarni hamisha hurmatlab, ehtirom ko’rsatadi. Yoshlarimiz nuroniylarni uchratsa, qo’li ko’ksida, salomga shay va har qanday xizmatiga tayyor turadi. Maslahati-yu, pand-nasihatiga labbay, deydi tanbehiga doim quloq soladi.
Shuning uchun ham xalqimizning ong-u shuurida moziydan yoshi ulug’ keksalarga ehtirom ko’rsatishdek, ezgu fazilat shakllangan.
Bugun Quvasoy shahar hokimi Z.To’raqulov shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarlikga qarshi kurashish, oilaviy ajrimlar va notinch oilalar bilan ishlashda shahar nuroniylarining o’rni mavzusida “Nuroniy” jamg’armasi a'zolari va keksalari bilan uchrashdilar.
Yuqoridagi masalalr yuzasidan keksalarimizning ko’maklarida joylarda, mahallalarda targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borilishiga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram