YOSHLAR BOG’I” YANA KO’RKAM VA OBOD MASKANGA AYLANTIRILADI
2021-12-26 18:26:41 265
Shahar hokimi tomonidan hududlarda ishsizlar bandligini ta'minlash, bo’sh turgan ob'ektlarni aniqlab tadbirkorlarga berish hamda xizmat ko’rsatish ob'ektlarini tashkil etish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugun shahar markazida qarovsiz holatga kelib qolgan “Yoshlar bog’i”ga tashrif buyurib, mavjud muammo va kamchiliklar o’rganildi.
Mazkur bog’ning barcha hududlari ko’zdan kechirilib, ushbu hududni qaytadan obod va ko’rkam maskanga aylantirish, davlat xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarni jalb qilish hamda xizmat ko’rsatish ob'ektlarini tashkil etish bo’yicha mas'ullarga zaruriy topshiriq va ko’rsatmalar berildi, kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram