XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI O’TKAZILDI
2021-12-26 18:21:04 231
Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi 41-sessiyasi o’tkazildi.
Sessiya kun tartibida 5 ta masala ko’rib chiqildi.
Kun tartibida O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalariga asosan Quvasoy shahri bo’yicha 2022-yil qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslarga mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar hamda boshqa masalalar ko’rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar DSI boshlig’i, shahar hokimi o’rinbosari va Xalq ta'limi bo’limi mudirlarining ahborotlari eshtildi. Muhokamalar o’tkazilib tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada shahar hokimi Zafarjon To’raqulov, shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, shahardagi bo’lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram