“BUNYODKOR YOSHLAR” KICHIK SANOAT ZONASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR
2021-12-26 18:15:11 253
Bugun shaxar xokimi Zafarjon To’raqulov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5088-sonli qaroriga asosan Quvasoy shahrida tashkil etilgan “Bunyodkor yoshlar” kichik sanoat zonasi bilan tanishdi.
Mazkur hududda olib borilayotgan yangi loyihalar shahar hokimi o’rinbosari Salimjon Nishankulov tomonidan tanishtirdi.
Bugungi kunda ushbu kichik sanoat zonasida 12 ta loyihada qurilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, ushbu kichik sanoat zonasidagi “Farg’ona Donyor sifatli mebellari” xususiy korxonasining loyihasi joyida ko’rildi.
Shahar xokimi tadbirkor bilan barcha masalalar yuzasidan suhbatlashdi va unga ishlab chiqarish hamda marketing bo’yicha amaliy yordam ko’rsatilishini bildirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram