Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYLIK DEPUTAT 23 NAFAR O’QUVCHILARGA STIPENDIYA BERDI

×

 2021-12-26 18:08:36    134

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Azizbek Qosimov tashabbusi bilan Quvasoy shahridagi 4-umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari ishtirokida “DEPUTAT VA YoShLAR” uchrashuvi o’tkazildi.

Unda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda kelajagimiz vorislarining bilim olish va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zarur sharoitlardan oqilona foydalanish lozimligi haqida so’z yuritildi.

Uchrashuvda shahar Kengashi deputati Azizbek Qosimov tomonidan an'anaga ko’ra 4-umumiy o’rta ta'lim maktabida chorak davomida sinflar o’rtasida eng yuqori natijalarga erishgan hamda maktabda tashkil etilgan “Fan olimpiada” tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritgan 23 nafar faol o’quvchilar “Deputat stipendiyasi” pul mukofati bilan taqdirlandilar.

Tadbirda barcha o’quvchilarni yaxshi o’qishlari, darslarda faol qatnashishlari, kelajakda yurtimiz rivojiga munosib hissa qo’shadigan komil inson bo’lib ulg’ayishlariga katta ishonch bildirildi.

Tadbirda ishtirok etgan ota-onalardan S.Bababekova, B. Xatamqulovalar so’z olib, ushbu xayrli ishda bosh bo’lgan shaxar Kengashi deputati Azizbek Qosimovga o’z tashakkurlarini bildirdilar.


Quvasoy shahar hokimligi

Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram