Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZO’RAVONLIKKA IMKON BERMAYLIK!

×

 2021-12-09 16:56:40    165

PDF yuklash
Chop etish


“Gender zo’rovonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” bu BMT tomonidan har yili o’tkaziladigan xalqaro kompaniyadir. U 25 noyabr xalqaro ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish kunidan boshlanadi va 1 dekabr Inson huquklari kuniga qadar davom etadi.

        Bu yil mazkur global tadbir dunyoning 187-ta mamalakatida jumladan, O’zbekistonda bo’lib o’tmoqda.

Rivojlangan jamiyat, birinchi navbatda, bolalarga, qariyalarga va nogironligi bor shaxslarga nisbatan qanday munosabat ko’rsatilayotgani bilan belgilanadi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko’ra nogiron ayollar eng ko’p past turmush darajasiga ega bo’lgan ijtimoiy guruhni tashkil qilar ekan, nogiron ayollar va bolalar ko’pincha shavqatsiz jismoniy, jinsiy, hissiy munosabatga duch keladilar.

        BMTning aholishunoslik jamg’armasi tomonidan Gender zo’ravonlik bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etish bo’yicha barcha choralarni tizimlashtirishga, gender zo’ravonlikdan jabrlanganlarga ko’rsatilayotgan huquqiy, tibbiy, ijtimoiy-psixologik yordam va xizmatlarning sifatini oshirishga qaratilgan standart operatsion tartiblar ishlab chiqilib, mamlakatimiz viloyatlarida sinovdan o’tkazildi. Unga ko’ra ushbu hujjatni amaliyotga tatbiq etilganlik darajasi monitoring qilindi, hamda Gender tengligini ta'minlash masalalari bo’yicha komissiya tomonidan maqullangan. Standart operatsion tartiblarni joriy etish va kengaytirish doirasida yana ishlar olib borilmoqda.

Mamalakatimizda ayollarga nisbatan zo’ravonlikning oldini olish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan; xotin-qizlar tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish sohasida faroliyat ko’rsatuvchi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi xodimlar uchun maxsus o’quv trenglar tashkil etilgan, xotin-qizlar tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish maqsadida himoya orderi institutining amaliyotga joriy etilishi natijalari yuzasidan Ichki ishlar vaziri axboroti eshitildi.

        Tazyiq va zo’ravonlikning oldini olish, shu jumladan, ularning sabablarini hamda shart-sharoitini aniqlash va bartaraf etish maqsadida shunday zo’ravonlikka uchragan shaxslarni maxsus ro’yxati shakllantirilmoqda. Vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda tazyiq va zo’ravonlik sodir etish xavfi bo’lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma'muriy yoki jinoiy jazo choralarini belgilash yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.

        Quvonarlisi shuki, hozirgi kunda bizning mamlakatimizda jamiyatning har qanday qatlamida istiqomat qilayotgan shaxslarga alohida e'tibor ko’rsatilmoqda.

Jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudining raisi Rustamjon Zaripov



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram