Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KONSTITUTSIYA - BAXTIMIZ QOMUSI

×

 2021-12-07 20:11:16    237

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. Bugun O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - baxtimiz qomusi” mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Unda shahar hokimi R.Raximjonov boshchiligida sektor rahbarlari, hokim o’rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, shahardagi korxona, tashkilot, muassasa rahbarlari, shahar Xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi umumta'lim maktabining direktorlari, maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab tadbirni shahar hokimi, 1-sektor rahbari R.Raximjonov ochib berdi. So’ngra O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi. 

Shundan so’ng shahar adliya bo’limi boshlig’i S.Mahkamov so’zga chiqib, Konstitutsiya haqida gapirib, bu bayram har bir oilada ham keng nishonlanishi kerak, chunki, vatanparvarlik- birinchi oiladan boshlanadi,-degan fikrni bildirdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir insonni O’zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida himoya qiladi.

Ma'naviyat targ’ibotchisi Mehnat faxriysi T.O’rinboyev ham barcha o’zbekistonliklarni, shu jumladan shahar aholisini ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Konstitutsiga bag’ishlab o’tkazilgan bayram tadbirida Farg’ona viloyati tatar milliy madaniyat markaziga qarashli “Tatar shaylari”, turk milliy madaniyat markazini esa “Turk” bolalar raqs guruhi, shuningdek, Quvasoy ashula va raqs jamoasining hushovoz xonandalari D.Yuldashev, M.Rahmonov, Z.Masoliyev, U.Mirzayevlar tomonidan yangragan “Elim”, “O’zbekiston”, “Vatan”, “Shodlik” bolalar guruhi, “Quvasoy navolari” folklor xalq jamoasi tomonidan “Qadrdonlarim” qo’shig’i, 11-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabi o’quvchisi Farruxbek Abdumalikov ijrosida “Bolam dema Vatanim meni” kabi taronasi barchaga hush kayfiyat ulashdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram