QUVASOY SHAHRIDAGI XALQ QABULXONASIDA SHAHAR HOKIMINING SHAXSIY QABUL O’TKAZILDI.
2021-12-03 15:28:28 277
Quvasoy shahar hokimi, 1-sektor rahbari R.Raximjonov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Quvasoy shahridagi Xalq qabulxonasida aholining muammolarini o’rganish bilan birga navbatdagi shaxsiy qabul o’tkazildi.
Unda 19 nafar fuqarolar ishtirok etib, 11 ta murojaat yuzasidan muloqot bo’ldi.
Masalaga aloqador tashkilot mas'ullari, mahalla fuqarolar yig’ini raislari ham qabulga jalb etildi.
Qabulda 3 ta murojaat joyida hal etildi. 1 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan murojaatlar bo’yicha nazorat-reja tuzilib, nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram