FARG’ONA VILOYATIDAGI BOSHQARMA VA TASHKILOTLARDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XOTIN-QIZLAR O’RTASIDA O’TKAZILGAN “GIMNASTRADA” SPORT MUSOBAQASINING VILOYATI BOSQICHI TOM MA'NODA SPORT BAYRAMIGA AYLANIB KETDI.
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/f327364508cda4eedd4ea.jpg)
2021-12-03 15:26:15 194
![](https://telegra.ph/file/f327364508cda4eedd4ea.jpg)
Sport nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida o’tgan festival musobaqadan ko’ra ko’proq idora va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning bayram shousi tarzda tashkil etilganligi yig’ilganlarga o’zgacha kayfiyat bag’ishladi.
![](https://telegra.ph/file/52986e467d0162fc895c6.jpg)
Bugun tashkilotlarda aqliy mehnat bilan shug’ullanayotgan opa-singillarimizning salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan gimnastika mashqlari va ko’rgazmali chiqishlari ayollarimizni jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlariga yanada keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi, - deydi tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi o’rinbosari B.Holiqov
![](https://telegra.ph/file/92421b37fbc0c0ffba41a.jpg)
“Gimnastrada” sport bellashuvlarida 1-o’rinni Bag’dod tumani jamoasi, 2-o’rinni Quvasoy shahar jamoasi va 3-o’rinni Quva tumani jamoasi egallashdi.
Quvasoy shahar hokimligi
Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram