Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDYALAR FAOLIYATII OCHIQ VA SHAFFOF ELEKTRON  REYTING DASTURI ASOSIDA BAHOLANADI

×

 2021-11-02 12:35:09    219

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 sentyabrdagi 717-sonli Qonunida belgilab qo’yilganidek, Kengashning raisi, rais o’rinbosari, kotibi va sudyalar orasidan tasdiqlangan o’n bir nafar a'zosi o’z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi, Kengashning qolgan yetti nafar a'zosi o’z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni eng malakali va mas'uliyatli mutaxassislar orasidan tanlov asosida tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek rahbar sudyalik lavozimlariga ko’rsatish uchun tavsiya etish orqali sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatini biron-bir tarzda aralashuvdan samarali himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish, sudyalar orasida korruptsiya holatlarining oldini olish va ularni barvaqt aniqlash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish, sud tizimida aniqlangan har bir korruptsiya holatini ko’rib chiqish va printsipial baholash, Kengashning hamda sud tizimining faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlar ko’rish, sudyalarni kasbiy jihatdan tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni tashkil etish, sudyalar faoliyati samaradorligini zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali baholashda xolislik va shaffoflikni ta'minlash hamda o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish kiradi.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;

rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o’rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais o’rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari raislari va rais o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais o’rinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning o’rinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlari sudyalarini, tumanlararo ma'muriy sudlarning raislarini, ularning o’rinbosarlari va sudyalarini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida bo’lishning eng yuqori yoshini sudyaning roziligi bilan besh yilgacha uzaytirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi.

Sudyalar odobi kodeksini tasdiqlaydi, sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash bo’yicha chora-tadbirlar ko’radi, sudyalarni kasbiy tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishga doir dasturni tasdiqlaydi.

Kengash raisining o’rinbosari sudyalar daxlsizligini ta'minlash va korruptsiyaning oldini olish bo’yicha sud inspektsiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini ta'minlash uchun javobgar bo’ladi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini ta'minlashga doir ishlarni tashkil etadi, jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi, Kengash raisi yo’qligida uning vazifasini bajaradi.

Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma bir oy muddatda ko’rib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qo’zg’atilganligi to’g’risida yoki uni qo’zg’atish rad etilganligi haqida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan xabardor qilinadi.


Jinoyat ishlari bo’yicha

Quvasoy shahar sudining raisi Rustamjon Zaripov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram