Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISH BILAN BOG’LIQ KO’RILAGAN JINOYAT ISHLARI, UNGA QARSHI KURASHISH HAMDA UNING HUQUQIY OQIBATLARI

×

 2021-10-25 15:00:52    303

PDF yuklash
Chop etish


Terrorizm – halqaro munosabatlarni murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo’rqitish maqsadida davlat organini, halqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo’rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug’diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi.

Terrorizmni moliyalashtirish, ya'ni terrorchilik tashkilotining mavjud bo’lishini, faoliyat ko’rsatishini, moliyalashtirilishini, terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoki O’zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni ta'minlashga, terrorchilik harakatini tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik faoliyatiga ko’maklashayotgan yoki bunday faoliyatga ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag’-vositalarini, resurslarni berishga yoki yig’ishga, boshqa xizmatlar ko’rsatishga qaratilgan faoliyat – Sakkiz yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

A) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

B) mansbador shaxs tomonidan;

V) uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo’lsa,-

o’n yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Terrorizmni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o’z vaqtida habar berish yoki boshqa usul bilan og’ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko’maklashgan bo’lsa, basharti bu shaxsning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo’lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.  

Jinoyat ishlari bo’yicha Quvasoy shahar sudining raisi
Rustamjon Zaripov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram