Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHAR HOKIMI RAVSHAN RAXIMJONOVNING O’QITUVCHI VA MURABBIYLARGA BAYRAM TABRIGI 

×

 2021-10-01 16:34:58    203

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, hurmatli ustoz va murabbiylar!

Ta'lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan jamiki o’qituvchi va ustozlarni O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan astoydil tabriklayman.

Ulug’ alloma Abdurahmon Jomiy “agar hayot karvon bo’lsa, sarbon-muallim” deya bejiz aytmagan. Bugungi shonli ayyomda hammamiz qo’limizga qalam tutqizib, ilm o’rgatgan, saboq bergan olijanob o’qituvchi va ustozlarimizni yodga olib, ularga yuksak ehtirom ko’rsatgan tarzda, hurmat bajo keltiramiz.

Aslini olganda, ko’z nuri va qalb qo’ri bilan butun borlig’ini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan fidoiy o’qituvchi va murabbiylarning mehnati jasorati deya baholash zarur. Aytish mumkinki, ular mana shunday ulug’ sharaflarga munosibdir.

Ulug’ adibimiz Abdulla Avloniy “tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot”, deya ta'rif berganida naqadar haq edi. Ana shunday hayot va mamotimiz ularning qo’lida ekan, biz ustoz va murabbiylarning mehnatining qadriga yetmog’imiz shart.

Olam uzra raqobat kuchayib borayotgan, o’ta murakkab bir davrda yashaydigan

bolalarimizni kelajakka tayyorlab, sog’lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim-tarbiya sohasi, o’qituvchilar mehnati naqadar og’ir va mas'uliyatli ekanligini anglaymiz.

Bugungi kunda Davlat rahbari tomonidan sizlarni, el-yurtimizning kelajagini o’ylab amalga oshirayotgan yumushlari keng jamoatchilik orasida qo’llab-quvvatlanmoqda. Yurt rahbari tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim maktablari va oliy o’quv yurtlari tizimini rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Buni ushbu sohani rivojlantirish uchun ajratilayotgan byudjet mablag’lari hajmining ortib borayotganidan ham ko’rish mumkin. Bu kabi e'tibor ta'lim o’choqlarida o’quv-tarbiya jarayonlarini sifat jihatidan o’zgartirishga, o’qituvchilar tarkibini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Aziz murabbiylar va ustozlar!

Xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o’g’il-qizlarimizning taqdiri va shu bilan biraga O’zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirilgan. Va bu vazifani mas'uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga omad va zafarlar yor bo’lsin!

Sizdek qalbi daryo insonlarni O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor qutlar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik va xonadonlaringizga qutu baraka tilayman.


Raximjonov Ravshan Raxmonovich

Quvasoy shahar hokimi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram