Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AHOLI, UY-JOY FONDI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH O‘RTASIDAGI ALOQALAR

×

 2021-09-22 13:43:37    325

PDF yuklash
Chop etish


               Aholini, uy-joy fondi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘rtasidagi aloqalar juda aniq ko‘rinmaydi. Biroq, ko‘plab mamlakatlar ushbu aloqalarni yanada yaxshi integratsiyasiga erishish yoki maʼlumotlarni to‘plash faoliyatining yuqori samaradorligiga erishish uchun yangi yo‘llarni izlashda tobora ko‘proq ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, ushbu ikki turdagi ro‘yxatga olishda bir qator masalalarni ko‘rib chiqish kerak, ularning eng muhimi, turli xil kuzatuv birliklaridir. Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning kuzatuv birligi fermer xo‘jaligi hisoblanadi, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy birligi hisoblanadi. Aholini ro‘yxatga olishning kuzatuv birligi esa uy xo‘jaligi va uning tarkibiga kiradigan shaxslardir. Biroq, ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy hajmi uy xo‘jaliklarida jamlangan bo‘lib, uy xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklari o‘zaro yaqin aloqalarga ega bo‘lib, ko‘pincha bevosita muvofiq namoyon bo‘ladi. Ushbu ikki turdagi ro‘yxatga olish o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish bunday mamlakatlar uchun juda muhimdir.

 Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida uy xo‘jaliklari va xo‘jalik egasining oila a‘zolari bo‘yicha turli maʼlumotlar to‘planadi. Butunjahon qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish uy xo‘jaliklari miqdori, uy xo‘jaligi aʼzolarining demografik xususiyatlari va iqtisodiy faoliyati, shuningdek, uy xo‘jaligi aʼzolarining ishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar yig‘iladi. Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonida olingan qishloq xo‘jaligi faoliyati haqidagi baʼzi maʼlumotlarni aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlariga nisbatan to‘liqroq deb hisoblash mumkin. Odatda, har bir shaxsning iqtisodiy faoliyatining asosiy turi qisqa hisobot davrida so‘raladi, bu esa, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadigan shaxslarning mavsumiy asosda yoki to‘liqsiz ish bilan taʼminlanmasligiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, aholini ro‘yxatga olish qishloq xo‘jaligidagi bandlik va qishloq xo‘jaligi aholisi haqida maʼlumot olish imkonini beradi, bu esa qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalarida mavjud emas. Chunki, u o‘z ichiga faqat ferma egalari bo‘lgan uy xo‘jaliklarinigina oladi. Qishloq xo‘jaligi maʼlumotlaridan foydalanuvchilarga to‘liq tasvirni berish uchun qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish maʼlumotlari ham va aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlari ham birdek zarur bo‘ladi.

 Aholini va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirishda ushbu turdagi ro‘yxatga olish va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘rtasidagi aloqani taʼminlash uchun har qanday imkoniyatni o‘rganish kerak. Ushbu aloqa turli shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Aholini va uy-joy fondini ro‘yxatga olishda ishlatiladigan taʼriflar qishloq xo‘jaligi ro‘yxatiga kiritilgan taʼriflar bilan mos kelishi kerak, bu ikki maʼlumot to‘plami o‘rtasida mazmunli taqqoslashni taʼminlaydi. Aholini va uy-joy fondini ro‘yxatga olish qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish uchun, masalan, hududlarni ro‘yxatga olish uchastkalariga bo‘lish, qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish uchun asos tayyorlashi yoki tegishli hollarda namuna olish uchun asos sifatida foydalanishi mumkin.

B.Maksudova,

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati bosh mutaxassisi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram