Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY QONUNI “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY SUDI TO’G’RISIDA”GI YANGA TAHRIRDAGI KONSTITUTSIYAVIY QONUNINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

×

 2021-09-22 13:42:00    243

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 27 apreldagi “O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi 687-sonli yanga tahrirdagi Konstitutsiyaviy Qonunining 4-moddasiga asosan Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari berilgan bo’lib, mazkur moddadagi yangiliklardan biri bu Konstitutsiyaviy sudning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo’llanilgan va O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bo’lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham ko’rib chiqishidir.

Agar qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning fikricha, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzayotgan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq kelmasa hamda sudda ko’rilishi tugallangan muayyan ishda qo’llanilgan bo’lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo’lingan bo’lsa, ular qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to’g’risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqlidir.

Konstitutsiyaviy sudga murojaat etish huquqiga ega bo’lgan davlat organlarining va mansabdor shaxslarning murojaati, shuningdek fuqarolarning va yuridik shaxslarning shikoyatlari Konstitutsiyaviy sudda ishlarni ko’rish uchun asos bo’ladi.

Konstitutsiyaviy sudga murojaat yozma yoki elektron shaklda yuboriladi. Elektron shaklda yuborilgan murojaat elektron hujjat aylanishi to’g’risidagi qonunchilik talablariga muvofiq bo’lishi kerak. Kollegial organning Konstitutsiyaviy sudga murojaatiga ushbu organning tegishli qarori ilova qilinadi.

Murojaatda:

Konstitutsiyaga muvofiqligi tekshirilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, u e'lon qilingan manba, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va qonunining sharh berilishi lozim bo’lgan qoidalari;

murojaatni Konstitutsiyaviy sudda ko’rib chiqishning huquqiy asoslari;

qo’yilgan masala yuzasidan murojaat qiluvchining nuqtai nazari va murojaatni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalariga havola qilingan holdagi huquqiy asoslantirish;

murojaat qiluvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan yeri, pochta manzili yoki yashash joyi, vakil va uning vakolatlari to’g’risidagi zarur ma'lumotlar, bundan vakillik lavozim bo’yicha amalga oshiriladigan hollar mustasno;

ilova qilinayotgan hujjatlar ro’yxati ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyatlarida ish sudda ko’rib chiqilganligi va sudda himoya qilishning barcha shakllaridan foydalanilganligi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.

Murojaatda murojaat qiluvchi ishni hal etish uchun zarur deb hisoblagan boshqa ma'lumotlar ham ko’rsatilishi mumkin.

Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

tekshirilishi lozim bo’lgan normativ-huquqiy hujjatning yoki sharhlanishi lozim bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonuni normasining matni;

taraf vakilining vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat, bundan vakillik lavozim bo’yicha amalga oshiriladigan hollar mustasno, shuningdek shaxsning Konstitutsiyaviy sudda vakil sifatida ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning ko’chirma nusxalari.

Murojaatga sud majlisiga chaqirilishi taklif qilinayotgan guvohlar, ekspertlar va mutaxassislarning ro’yxati, sud qarorlarining ko’chirma nusxalari, shuningdek boshqa hujjatlar hamda materiallar ilova qilinishi mumkin.

Konstitutsiyaviy sudga kelib tushgan murojaatlar ro’yxatdan o’tkaziladi.

Hal etilishi Konstitutsiyaviy sud vakolatlariga kirmaydigan masalalar bo’yicha murojaatlar Konstitutsiyaviy sud tomonidan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda, qo’yilgan masalalarni hal etish o’z vakolatiga kiritilgan tegishli davlat organlariga, tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga besh kunlik muddatdan kechiktirmay yuboriladi.

Konstitutsiyaviy sud murojaat olingan kundan e'tiboran yetti kundan kechiktirmay uni o’rganishga kirishadi.

Konstitutsiyaviy sudning raisi kelib tushgan murojaatni ushbu Qonunda qo’yilgan talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan dastlabki tarzda o’rganishni va murojaatni dastlabki tarzda o’rganish natijalari bo’yicha xulosa tayyorlashni Konstitutsiyaviy sudning bir yoki bir nechta sudyasiga topshiradi.

Murojaatni dastlabki tarzda o’rganish konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning majburiy bosqichidir.

Murojaatni dastlabki tarzda o’rganish natijalari yuzasidan Konstitutsiyaviy sud sudyasining (sudyalarining) xulosasi sud majlisida ma'ruza qilinadi.

Murojaatni ko’rib chiqish uchun qabul qilish to’g’risida Konstitutsiyaviy sud ajrim chiqaradi. Ajrimda ish bo’yicha ma'ruzachi sudya, ishni ko’rish sanasi, shuningdek ishni ko’rish uchun tayyorlash bilan bog’liq boshqa masalalar ko’rsatiladi.

Qabul qilingan ajrim haqida konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari uch kunlik muddatda yozma shaklda xabardor qilinadi.

Konstitutsiyaviy sud quyidagi hollarda murojaatni ko’rib chiqish uchun qabul qilishni rad etadi, agar:

murojaat Konstitutsiyaviy sudga taalluqli bo’lmasa;

murojaat predmeti yuzasidan Konstitutsiyaviy sud tomonidan ilgari qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan bo’lsa, bundan Konstitutsiyaviy sud qarorlarini qaytadan ko’rib chiqish uchun asoslar mavjud bo’lgan hollar mustasno;

murojaat mazkur Qonunning 27-moddasida ko’rsatilmagan davlat organidan yoki shaxslardan kelib tushgan bo’lsa;

fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning murojaati ushbu Qonun 86-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo’lmasa.

Murojaatni ko’rib chiqish uchun qabul qilishni rad etish to’g’risida Konstitutsiyaviy sud ajrim chiqaradi va u Konstitutsiyaviy sud apparati tomonidan konstitutsiyaviy sud ishini yuritish manfaatdor ishtirokchilariga yetkaziladi.

Konstitutsiyaviy sud ko’rib chiqishi uchun kiritilgan murojaatni murojaat qiluvchi ishni sud majlisida ko’rish boshlanguniga qadar chaqirib olishi mumkin.

Kiritilgan murojaat chaqirib olingan taqdirda ishni yuritish tugatilib, bu haqda Konstitutsiyaviy sud ajrim chiqaradi.

Ko’rib chiqilayotgan ish yuzasidan qaror murojaat ko’rib chiqishga qabul qilingan paytdan e'tiboran uch oydan kechiktirmay Konstitutsiyaviy sud tomonidan qabul qilinadi.

Yana bir yangilik Konstitutsiyaviy sud rais va uning o’rinbosarini qo’shgan holda Konstitutsiyaviy sudning oldingi Qonundan farqli o’laroq yetti nafar emas, balki to’qqiz nafar sudyadan iborat bo’lishi belgilanganligidir.

Jinoyat ishlari bo’yicha

Farg’ona tuman sudining sudsi                                                        X.Xoliqov



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram