Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV KODEKSIGA O’ZGARTISH VA QO’SHIMCHALAR KIRITISH TO’G’RISIDA” QONUNINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

×

 2021-09-22 13:40:09    355

PDF yuklash
Chop etish


  O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 31 maydagi “O’zbekiston Respublikasining saylov kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi 691-sonli Qonuniga asosan O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga quyidagi o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Jumladan, Qonunning 1-moddasiga asosan Markaziy saylov komissiyasi saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko’rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o’rinbosari, kotibidan va komissiyaning sakkiz - o’n sakkiz nafar boshqa a'zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o’tkazish bo’yicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o’rinbosari, kotibidan va komissiyaning olti - sakkiz nafar boshqa a'zolaridan iborat tarkibda tuziladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar kabi ommaviy tadbirlar ularning o’tkazilish joyi va vaqti haqida tegishli tuman (shahar) hokimliklari kamida uch kun oldin yozma ravishda xabardor qilingan holda o’tkaziladi. Bunda ushbu ommaviy tadbirlarni o’tkazish uchun ruxsatnoma talab qilinmaydi.

Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o’tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu Kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida o’ziga kelib tushgan murojaatlarini o’z vakolatlari doirasida ko’rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo’yicha tekshiruvlar o’tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko’rib chiqib, javob qaytarishi shart, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.

Qnunning 2-moddasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta'minlaninishi nazarda tutilgan.

Mazkur Qonun mamlakatimizda soylov qonunchiligini takomillashtirish borasida o’zining ijobiy hissasini qo’shadi.

Jinoyat ishlari bo’yicha

Farg’ona tuman sudining raisi              Xoliqov Xudoberdi Komilovich

Jinoyat ishlari bo’yicha

Farg’ona tuman sudining

sud'ya yordamchisi                     Yo’ldoshaliyev Shohbozjon Raxmatjon o’g’li



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram