"VALIK" KICHIK SANOAT ZONASIDA YANGI LOYIXA ISHGA TUSHDI.
2021-09-08 20:50:37 328
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5088-sonli qarori bilan Valik MFY hududida 0,5 gektar yer maydonida “Yoshlar” sanoat zonasi tashkil etildi.
Ushbu kichik sanoat zonasiga 5 ta loyihalar joylashtirilib, umumiy qiymati 4,6 mlrd.so’m investitsiya kiritish va105 ta yangi ish o’rinlari tashkil etish belgilangan.
Mustaqilligimizning 30 yilligi bayram kunlari ushbu loyixalardan “Quvasoy bog’i nafis” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi tomonidan 1,0 mlrd.so’m investitsiya kiritish xisobiga “Meva-sabzavotlar uchun plastmassa idishlar ishlab chikarish” loyihasi ishga tushirildi.
Loyixa bo’yicha 20 nafar yangi ish o’rinlari tashkil etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram