HURMATLI SHAHRIMIZ AHOLISI!
2021-09-05 12:51:25 327
Sizlarni Vatanimizning eng go’zal bayramlaridan biri bo’lmish mustaqillik ayyomi bilan samimiy tabriklayman.
Bizga erkinlik, hurlik va farovonlik hadya etgan mustaqillikka bugun 30 yil to’ldi. Ushbu sana insonlar ko’nglida qutlug’ va aziz bayram sifatida o’rin olgan. Mana shu vaqt tarixiga nazar tashlasak, mustaqillik bizga ko’pgina narsalarni tuhfa etdi. U sabab bugun yurtimiz obod, hayotimiz osoyishta!
Fursatdan foydalanib, shahrimizdagi barcha aholini mana shunday shukrona kun-istiqlol bayrami bilan qutlayman. Osmonimiz hamisha musaffo bo’lsin, zaminimizni tinchlik tark etmasin, qalblarimizda doim hotirjamlik bo’laversin.
Quvasoy shahar hokimi
Ravshan Raximjonov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram