Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUDYALIKKA NOMZODLAR ZAXIRASIGA KIRISH ISTAGINI BILDIRUVCHI FUQAROLAR DIQQATIGA

×

 2021-07-05 15:48:13    223

PDF yuklash
Chop etish


Biz bilamizki, sudyalik kasbi katta mas'uliyat, fidoyilik 

va halollikni talab qiladi. Qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida inson, uning oilasi taqdiri turadi.

Sud ishlarida adolatli qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan, mustaqil, turli xil ta'sirlarga qarshi tura oladigan yuksak malakali, hayot tajribasiga ega sudyalarni shakllantirish bugungi kunning talabidir.

“O’zbekiston Respublikasining Sudlar to’g’risida”gi Qonunning 

61-moddasiga asosan “O’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, oliy yuridik ma'lumotga va yuridik ixtisosligi bo’yicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) ma'muriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo’lishi mumkin” deb belgilangan. Yuqoridagi talablarga mos keladigan nomzodlar sudyalik lavozimi zaxirasiga kirish uchun Farg’ona viloyat sudlari sudyalari malaka hay'atiga murojaat qilishlari mumkin.

 

Manzil: Farg’ona viloyati, Farg’ona shahri, S.Temur ko’chasi.

Tel: 73-226-52-98


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram