QADRLI QUVASSOYLIK YOSHLAR!
2021-06-30 10:20:28 221
Bugun sizning kuningiz! Bayramingiz bilan Sizlarni chin qalbimdan tabriklayman!
Hayot har bir kishiga ulkan va bebaho tuhfa in'om etadi. Bu kuch - quvvatga to’la yoshlik, bilim va kurashga chanqoqlik, orzu-umid bilan bog’langan o’spirinlikdir.
Yoshlik, bu — orzu. Bu — ishonch. Bu — kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Hozir sizlar istiqbolning boshlanishida turibsiz.
Bugun yoshlarning jamiyatimiz hayotida tutgan o’rni beqiyos. Amalga oshirilayotgan islohotlarning negizida ham aynan yosh avlod vakillarining kamoloti ko’zlanadi. Negaki, yurtimizning ertangi kuniga bo’lgan ishonchi, yaqin va porloq kelajagi ham aynan sizlar. Shunday ekan, bu borada biz sizni har qancha qo’llab - quvvatlash, ulkan mas'uliyatlar zamoniga munosiblar qatorida kuzatib qo’yish uchun ko’mak berishga tayyormiz.
Barchangiz bugun yetib borishingiz kerak bo’lgan manzilning, zabt etishingiz lozim bo’lgan yuksak cho’qqilarning, erishishingiz shart bo’lgan ulkan muvafaqqiyatlarning boshlanishida turibsiz.
Shu bois, olg’a qadam tashlang, o’zingiz va yaqinlaringizning yorqin kelajagi uchun qaror qiling, zafarlar uchun kuch toping, katta hayot sari qadam bosing. To’xtamang, sinmang, maqsadingizdan hech qachon voz kechmang!
Yuqoridagilar mening sizga yetkazmoqchi bo’lgan dil so’zlarimdan ayrimlari xolos. Tilagim, ko’proq o’rganishga, yangi g’oyalarni kashf qilishga hech qachon kech deb hisoblamang. Biz sizga hamisha ishonamiz. Sizni voyaga yetkazib, hulq-u, odobni o’rgatgan ota- onangizga tashakkur! Yana bir bor “Yoshlar kuni” yoshlik bayramingiz muborak bo’lsin!
Quvasoy shahar hokimi
Raximjonov Ravshan Raxmonovich
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram