Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

EHTIYOJMAND ISHSIZ AHOLIGA QISHLOQ XO’JALIGI YERLARINI AJRATIB BERISH BO’YICHA SEMINAR TASHKILLANDI

×

 2021-06-11 22:35:29    232

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 8 iyun kuni qishloq xo’jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari hajmini ko’paytirish masalalari bo’yicha videoselektor yig’ilishi o’tkazilgan edi.

Mazkur yig’ilishda yurtboshimiz tomonidan “Endi katta tizimga o’tyapmiz. YErni haqiqiy egasiga – xalqqa beramiz” deya ta'kidlanib, joriy yildan boshlab g’alladan bo’shagan yer maydonlari ehtiyojmand, real daromad manbaiga ega bo’lmagan va ishsiz aholiga 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shug’ullanish uchun ijaraga berish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Shu munosabat bilan, aholi bandligini ta'minlash, ehtiyojmand oila toifalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu ezgu tashabbus doirasida Quvasoy shahrida xam amaliy ishlar boshlandi.

Xususan, bugun shahardagi “ Far Bog’i Bo’ston ” fermer xo’jaligi dala maydonida shu masalada amaliy seminar tashkillandi.

Seminarda davlatimiz rahbarining videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar mazmun-mohiyati, Prezidentning “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo’lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining ahamiyati, mazkur topshiriq va farmonning joylarda ijrosini tashkil etish tartiblari haqida to’xtalib, barcha jarayonlarni tashkil etishda eng avvalo adolat mezonlariga tayanib ish tutish, halollik va qonuniylikni ta'minlash bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Er oluvchi talabgorlarga yurtboshimizning hayotbaxsh islohotlari doirasidagi ushbu imkoniyatlardan albatta oqilona foydalanib, har bir qarich yerni e'tiborsiz qoldirmaslik, mo’l hosil olishga harakat qilish va oilalari daromadini ko’paytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berib o’tildi.

Shuningdek, mazkur jarayonlarni to’g’ri tashkil etishda har bir soha mas'ullarining tutgan o’rni, vazifalari yana bir bor belgilab berildi.

Seminar yakunida, shahar hokim Ravshan Raximjonov tomonidan “Ayollar va yoshlar daftarlari” va “Temir daftar”da ro’yxatga olingan, rasman ishsiz hisoblangan fuqaroga ikkilamchi shartnoma asosida 20 sotixdan ekin yer maydoni ajratib berish bo’yicha ko’rsatmalar berildi va mazkur ishlar xar bir g’alladan bo’shagan yerlarda davom etdirilishiga kelishib olindi.

Shahrimizda ehtiyojmand, ishsiz aholiga qishloq xo’jaligi yerlarini belgilangan tartibda dehqonchilik uchun ajratib berish tadbirlari davom etadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram