Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’P MILLATLI NAYMAN MAHALLASI TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TA'MINLANADI

×

 2021-06-02 09:47:54    239

PDF yuklash
Chop etish


Foto: axborot xizmati

2017-2021 yillarda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ichimlik suvi ta'minoti tizimini rivojlantirish bo’yicha g’oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro’yobga chiqarish orqali shahar va tumanlarda, shu jumladan, eng olis qishloq joylarda suv ta'minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash, aholi punktlarida sifatli va xavfsiz ichimlik suvga bo’lgan ehtiyojni qondirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz Rahbari tashabbuslari bilan qabul qilingan “Obod qishloq va Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida markazlashgan ichimlik suvi ta'minoti yetib bormagan olis qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta'minlash, ularga sifatli kommunal xizmatlar ko’rsatish maqsadida, “Farg’ona suv ta'minoti” MChJ tomonidan davlat dasturlarida belgilangan ishlar jadal sur'atlarda davom ettirilmoqda.

Foto: axborot xizmati


Xususan, O’zbekiston Resapublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi «Obod qishloq» va "Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, Quvasoy shahrining ikkita mahallasi(Nayman MFY, Valik MFY)da “Obod mahalla” dasturiga asosan 4,0 mlrd.so’m respublika byudjeti mablag’lari hisobidan, 21 km ichimlik suvi tarmog’i tortish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

Shu kunlarda dastur asosida qurilish-ta'mirlash ishlari qizg’in davom ettirilmoqda. Hozirda, “Nayman” mahalla fuqarolar yig’ini hududida 1,4 mlrd.so’m mablag’lar hisobidan aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 8 km ichimlik suvi tarmog’ini tortish ishlari olib borilmoqda. Boshlangan ishlar o’z nihoyasiga yetsa, hududdagi 554 dan ortiq xonadondagi 2.6 ming nafardan ziyod fuqaroning ichimlik suvi bilan bog’liq muammolari hal etiladi.

AXBOROT XIZMATI



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram