KAR BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATINING "SO’NGGI QO’NG’IROQ" TADBIRIGA VAZIR O’RINBOSARI TASHRIF BUYURDI
2021-05-25 22:53:01 531
Bugun yurtimizning barcha umumta'lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq sadolari yangramoqda. Shu jumladan Quvasoy shahridagi viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 90-sonli kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari uchun ham bugun eng hayajonli va unutilmas damlardir.
Sababi ushbu ta'lim muassasasi bitiruvchilarini tabriklash va Prezidentimizning bitiruvchilarga yo’llagan tabrigini shaxsan yetkazish maqsadida tadbirga O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining o’rinbosari Komilov Temur Qalandarovich tashrif buyurdilar.
Temur Qalandarovich 90-sonli kar bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilarini bugungi shodiyona bilan tabriklab, ularga kelajakda yurtimiz uchun fidoyi insonlar bo’lib yetishishida, vatan sarhadlarini himoya qiluvchi, xalqimiz turmush farovonlini oshirishda o’z hissalarini qo’shuvchi, vatanparvar, fidoyi inson bo’lib yetishishlarni tilab, ularning o’z oldilariga qo’ygan ezgu tilaklariga yetishishlarida tilakdosh ekanligini izhor etdi.
Tadbir so’ngida vazir o’rinbosari Temur Qalandarovich va shahar hokimi Ravshan Raxmonovichlar mazkur ta'lim muassasasida o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram