Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FUTBOL BO’YICHA “DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI BOSHLIG’I KUBOGI” G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2021-05-18 17:52:23    227

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021 yil 13 aprelda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, 10-18 may kunlari oralig’ida Quvasoy shahrida turli yoshdagi ushmagan yoshlar (17-20, 21-25, 26-30 yoshdagi erkaklar) o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati boshlig’i kubogi” sport musobaqalari o’tkazildi. 

Yakuniy bosqichda 3 ta yosh toifasida saralangan 9 ta jamoa g’oliblik uchun kurash olib bordi. Qizg’in va yorqin taassurotlarga boy tarzda o’tgan bahslarda 17-20 yoshlilar o’rtasida 2-o’rinni “Valik”, 1-o’rinni “Nayman” MFY jamoasi qo’lga kiritdi.

21-25 yoshlilar o’rtasida kechgan uchrashuvlarda “Bog’bon” MFY jamoasi raqiblarga hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo’lsa, “Na'muna” MFY jamoasi – ikkinchi o’rin bilan kifoyalandi.

Natijalarga ko’ra, 26-30 yoshlilar o’rtasidagi bahslarda “Ziynat” MFY jamoasi – uchinchi, “Do’stlik” jamoasi – ikkinchi, “Muyan” MFY jamoasi birinchi o’ringa loyiq topildi. 

Musobaqa ishtirokchilarini munosib taqdirlash marosimida Quvasoy shahar hokimi R.Raximjonov, shuningdek, Davlat Xavfsizligi Xizmati Quvsoy shahar bo’limi hamda sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. 

G’oliblarga tegishli darajadagi diplom va esdalik sovg’alari tantanali tarzda topshirildi.

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram