Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHAR HOKIMI FAOL AYOLLAR VA YOSHI ULUG’ QARIYALARNING XONADONLARIGA TASHRIF BUYURIB BAYRAM SOVG’ALARI ULASHDI 

×

 2021-03-07 17:59:09    226

PDF yuklash
Chop etish


YEr yuzida insoniyat paydo bo’libdiki, odamzod muqaddas Ona siymosini, mo’'tabar ayol zotini ulug’lab, hamisha sharaflab keladi. Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog’i jannat bog’laridek go’zal va bebahodir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor.


8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayram munosabati bilan Quvasoy shahar hokimi, 1-sektor rahbari Ravshan Raximjonov shaharda uzoq yillar samarali mehnat qilgan, yurtimiz hayotida faol ishtiroki bilan oilalar mustahkamligi va farovonligiga munosib hissa qo’shgan, aholi orasida ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning targ’ib etilishida namuna ko’rsatgan ayollar, yoshi ulug’ qariyalarning honadonlariga tashrif buyurib  holidan xabar olidilar. 

 Ularni bayram bilan tabriklab, dunyodagi eng samimiy, eng ezgu tilaklarni tiladi. Shahar hokimligining gullar va esalik sovg’alari tadim etildi.  

Bayram munosabati bilan bugun shahrimizning barcha mahallalarida dasturxon yozilib bayram tadbirlari uyushtirilgan. 

Uyma uy yurish jarayoni davomida shahar hokimi, Ravshan Raximjonov dastlab “Yuqori Muyon” mahallasida bo’lib, u yerda tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi va barcha yig’ilgan ayollarni bayram bilan tabrikladi.

Shundan so’ng shahar hokimi “Sufon” mahallasida bo’lib o’tayotgan bayram tadbirida ishtirok etdi va bu mahallaning xam jamoat ishlarida, to’y-yu azalarida bosh qosh bo’lgan faol onaxonlarni gullar va esalik sovg’alari bilan tabrikladi. 

Navbatdagi manzil “Ziynat” mahallasida joylashgan ijtimoiy ximoyaga muxtoj fuqarolar uyida tashkil etilgan bayram dasturxoni va Sumalak tayorlash jarayoni bilan tanishdi. Nuroniy onaxonlar bilan yaxshi niyatlaru, duolar bilan sumalak kovladilar.

Nafosat va nazokat, vafo va sadoqat, aql-zakovat va fidoyilik ramzi bo’lgan Ayollar sabab shahrimizning barcha mahallalari bo’ylab ko’tarinkilik shukuhi kun davomida davom etdi.   

Quvasoy shahar hokimligi Axboro xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram