SHAHAR HOKIMI 1-SEKTOR SHTABIDA FUQAROLARNI QABUL QILDI.
2021-02-22 16:43:57 223
Quvasoy shahar hokimi Ravshan Raximjonov tasdiqlangan jadvalga asosan sayyor qabullar o’tkazib va mahallalarda uyma-uy yurish orqali xam aholining muammolarini o’rganib kelayotgan bo’lsada rejadan tashqari xam axoli muarojaatlaridan kelib chiqib, qo’shimcha qabullar o’tkazib kelmoqda.
Bugun xam (21 fevral) 1-sektor shtabida o’tkazilgan qabulda 7 nafar fuqarolar ro’yxatga olinib, 4 ta murojaat yuzasidan hokim bilan muloqotda bo’ldilar.
Masalaga aloqador tashkilot va muassasalar mas'ullari ham qabulga jalb etildi. Qabulda 2 ta murojaat joyida hal etildi. 1 ta murojaatlar muallifiga tushuntirishlar berildi. Yana bir murojaat bo’yicha nazorat-reja tuzilib, belgilangan muddatda ko’rib chiqilishini ta'minlash choralari ko’rildi hamda nazoratga olindi.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram