Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA 100 GEKTARLIK YANGI BOG’ TASHKIL ETILMOQDA

×

 2021-02-06 17:51:58    75

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining kuni-kecha Farg’ona viloyatiga qilgan tashrifi viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, fuqarolarning muammolarini ijobiy hal etishda yangi sahifa ochdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni qo’llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash, xususan, kelgusida Farg’ona viloyatida yoshlarga foydalanish uchun yer berilishi natijasida 200 mingdan ziyod yoshlarning bandligi ta'minlanishi bo’yicha alohida ko’rsatmalar berildi.


Albatta, viloyat ahli har sohada mirishkorlar sirasiga kiradi. Ayniqsa, dehqonchilikda Farg’ona maktabi yaratilgan desak, hech mubolag’a bo’lmaydi. Oltiariq o’zining totli uzumlari bilan, Quva anorlari bilan, Buvayda anjirlari bilan, Rishton qantak o’rigi, Quvasoy shahri esa giloslari bilan barchamizga ma'lumu mashhur.

Endilikda Quvasoyda giloschilik yana rivoj topadi. Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog’ida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib shaharda 100 gektarlik yangi intensiv bog’ tashkil etilmoqda. Hozirda hududdagi qir-adirliklarni tekislash ishlari yakunlanmoqda. Tez orada bu yerlar Quvasoy shahridagi “Temir daftar”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarida ro’yhatda turuvchi yurtdoshlarimizga O’zbekiston Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armalari tomonidan kredit va lizing shartlari asosida moliyalashtirilib beriladi.

Mazkur maydonda tashkil etilgan seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o’rinbosari, O’zbekiston Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi ijroiya qo’mitasi raisi Aktam Haitov ishtirook etib, bu yerda nafaqat meva yetishtirish, balki meva oralarida ikki, uch marotaba hosil olish, poldiz ekinlari yetishtirish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Shuningdek, Aktam Haitov va Quvasoy shahar hokimi Ravshan Rahimjonovlar yangi tashkil etilayotgan intensiv bog’ga ilk gilos ko’chatlarini o’tqazdilar.

Shuni alohida ta'kidlash o’rinliki, yerlar O’zbekiston Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armalari tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Z.ABDULLAJONOV
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati raxbari


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram