Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA ALISHER NAVOIY XOTIRASIGA ATAB RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYASI O’TKAZILDI

×

 2021-02-04 20:59:58    59

PDF yuklash
Chop etish


O’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, o’zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk qomusiy olim va mutafakkir, ulug’ donishmand, davlat arbobi, o’z davrining madaniy hayotiga rahbar, ilm-fan, san'at va adabiyot ahliga homiy, murabbiy va ustoz, buyuk alloma, nafis musiqashunos, yetuk tarixchi va dunyoga tanilgan komil inson – Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud kunini keng nishonlash odat tusiga kirgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi  
PF-4865-sonli "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining
580 yilligini keng nishonlash to’g’risida"gi qarori ijrosi yuzasidan
2021 yil 04 fevral kuni Farg’ona viloyati Quvasoy shahridagt 1-sonli IDUMda “Navoiy - adabiy tilimiz asoschisi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.


Unda viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongotarova, shahar hokimi R.Raximjonov, filologiya fanlari doktori, professor, navoiyshunos, H.Jo’rayev, professor, shoir, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Siddiq Mo’min, filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Rahmonov, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Bahodir Iso, shuningdek yuzdan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.


Tadbir avvalida Quvasoy shahar 1-sonli IDUM o’quvchilari tomonidan tayyorlab qo’yilgan Navoiy bobomiz hayotiga bag’ishlangan ibratli sahna ko’rinishi ijro etildi.

 Shundan so’ng  shahar hokimi R.Raximjonov konferentsiyani ochib, so’nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o’rganish, uning o’lmas asarlarini yurtimizda va xorijiy mamlakatlarda keng targ’ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Konferentsiya davomida viloyat hokimining maslahatchisi S.Tongotorova ham o’z chiqishi orqali Alisher Navoiyning asarlari asrlar davomida boy ma'naviy ozuqa sifatida xalqimiz tafakkurini boyitib ezgulik hissi bilan yashashga undab kelayotganligini, u kishining porloq xotirasi doim abadiy ekanligini ta'kiblab o’tdi.


Anjuman ma'ruzalar davomida savol-javoblarga va bahs-munozaralarga boy bo’ldi. Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan konferentsiyaning faol ishtirokchilariga mutafakkir Alisher Navoiyning surati tushirilgan ramziy esdalik sovg’alari berildi.


X.Xo’janazarov - Quvasoy shahar hokimining maslahatchisi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram