Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEK FUTBOLINING 110 YILLIK YUBILEYI FARG’ONADA KATTA BAYRAM QILINADI

×

 2022-11-01 10:41:20    139

PDF yuklash
Chop etish



25-26 oktyabr kunlari Farg’onada O’zbek futbolining 110 yillik yubileyiga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tadi. 


O’zbek futbolining taniqli yulduzlari, futbol faxriylari hamda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatidan iborat mehmonlar milliy futbolning vatani bo’lgan Farg’ona viloyatiga 25 oktyabr kuni tashrif buyuradilar. Shu kuni mehmonlar viloyat hokimi – viloyat Futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov bilan uchrashadilar, Farg’ona shahridagi “Futbol markazi”da bo’lib o’tadigan futbol festivalida ishtirok etadilar.


Asosiy tadbirlar shu kuni Farg’onadagi “Istiqlol” o’yingohida bo’lib o’tadi. Soat 17:00da muxlislar va mehmonlar e'tiboriga katta kontsert dasturi namoyish etiladi.


So’ngra O’zbekiston va Farg’ona viloyati faxriylar terma jamoalari Qirg’iziston va Tojikiston faxriylar terma jamoalariga qarshi bir taymlik uchrashuvlarda maydonga chiqishadi. 


Uchrashuvlar dasturi quyidagicha (bir taymdan iborat, 30 minutdan):

1-uchrashuv: O’zbekiston-Qirg’iziston 

2-uchrashuv: Farg’ona viloyati-Tojikiston

3-uchrashuv: O’zbekiston-Tojikiston

4-uchrashuv: Farg’ona viloyati-Qirg’iziston


26 oktyabr kuni mehmonlar viloyatimizdagi futbol faxriylari holidan xabar olishadi, Marg’ilon shahridagi diqqatga sazovor joylarni ko’zdan kechirishadi, kunning ikkinchi yarmida Qo’qonga borishadi. Yaypandagi “O’zbekiston” o’yingohida Superliga doirasidagi Qo’qon 1912 – So’g’diyona uchrashuvini tomosha qilishadi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram