Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SOG’LOM TURMUSH TARZINI TARG’IB QILISH, KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASH HAMDA KASALLIKLARNI OLDINI OLISH”GA QARATILGAN IJTIMOIY TADBIR TASHKIL ETILDI. 

×

 2022-09-23 21:00:54    196

PDF yuklash
Chop etish



Quvasoy shahar prokurori, 2-sektor rahbari Sh.G.Madumarov tashabbusi bilan Quvasoy shahar Markaziy shifoxnasi bilan hamkorlikda joriy yilning 23 sentyabr kuni “Zebuniso” madaniyat uyi binosida sektor hududidagi “Zebuniso” hamda “Soy bo’yi” MFY xududida istiqomat qiluvchi aholisi o’rtasida “Sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda kasalliklarni oldini olish”ga qaratilgan ijtimoiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbir bevosita Quvasoy shahar ko’p tramoqli markaziy poliklinika tor soha mutaxassislari (terapevt, pediatr, psixiatr, nevrolog, kardiolog, jarrox, ortoped, otoloringolog, ginekolog) ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik  shaklida tashkil qilindi. Tashkil etilgan tibbiy ko’rikda shu joyni o’zida UTT, EKG, laboratoriya tekshiruvlari ham amalga oshirildi.  

Tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikda mazkur mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qitluvchi jami 70 nafar, ijtimoiy ximoyaga muxtoj aholi ya'ni “Temir, Ayollar va Yoshlar” daftarlariga kiritilgan shaxslar, keksa yoshdagi fuqarolar, voyaga yetmaganlar, 0-18 yoshgacha bo’lgan bolalar hamda kasalligi tufayli nogironlik belgilangan shaxslar tibbiy ko’rigi tashkil etildi. 

Tibbiy ko’rik natijasida, fuqarolarni ambulator, statsionar va sanator sharoitda davolanish rejalari shakllantirildi.

Bundan tashqari tibbiy ko’rikda 40 yoshdan oshgan aholi qatlami “Endokrinologik va yurak qon tomir kasalliklari”ni erta bosqichlarda aniqlash xamda ushbu kasalliklarni oldini olish maqsadida skriningdan o’tkazildi. Skriningdan o’tkazilgan aholi orasida 3 nafar fuqarolarda “Qandli diabet” va 10 nafar fuqarolarda “Yurak qon tomir” kasalligining xavf belgilari aniqlanib, qo’shimcha tekshiruvlar o’tkazish uchun Quvasoy shahar Markaziy shifoxonasiga yo’naltirildi. 

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan fuqarolarga sog’lom-turmush tarzi, to’g’ri ovqatlanish, jismoniy faollikni salomatlikdagi o’rni mavzusida soha mutaxassilari tomonidan keng tushuntirish targ’ibot ishlari olib borildi, bu borda tashkil etilgan tadbirda alohida salomatlik burchagi tashkil etilib, ishtirokchilarga 184 ta tarqatma materiallari tarqatildi. 

Tibbiy ko’rikdan o’tgan va o’zlarida kasalliklar alomatlarini bartaraf etish va profilaktika qilish borasida Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga aholi uchun davlat tomonidan keltirilgan 120 xil turdagi dori-darmonlarning 60 xil turi kasalliklarning turiga ko’ra  ishtirokchilarga bepul tarqatildi. 

Shuningdek, tadbirda Quvasoy shahar Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo’limi xodimlari ham jalb qilinib, fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bo’yicha keng tushuntirishlar berdi.

Tadbirda ishtirok etgan aholi vakillari tomonidan aholi tibbiy ko’rigini takshil etgan 2-sektor rahbari Sh.G.Madumarov hamda Tibbiyot xodimlariga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram