Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARG’ONADA YIRIK TSEMENT ZAVODI ISHGA TUSHDI

×

 2020-01-13 09:40:09    247

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati Beshariq tumanida tsement ishlab chiqarishga mo’ljallangan “Farg'ona Yasin qurilish mollari” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasining birinchi bosqich loyihasi ishga tushirildi.

Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, Farg’ona viloyatida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida hududiy loyihalarni o’z vaqtida amalga oshirish va ijrosini ta'minlash borasida ishlar samarasida eng chekka hududlarda ham yangi korxonalar tashkil etilyapti. Asosiysi, xorijlik investorlar hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirmoqda. Mazkur yirik tsement zavodi qurilishi investitsion loyihasi ham ana shulardan biridir. Qo’shma korxona “Great Amirxan oil” mas'uliyati cheklangan jamiyati va Xitoyning "Shanxi Xiangsheng" kompaniyasi tomonidan bunyod etildi.

Qo’shma korxonaning ochilish marosimida Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev so’zga chiqib, O’zbekiston-Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko’lam kasb etib, hududlararo aloqalar yo’lga qo’yilayotganligini ta'kidladi. “Shanxi Xiangsheng" kompaniyasining mazkur loyihasi ham buni yaqqol ko’rsatib turibdi. Tsement ishlab chiqarish liniyasi tantanali ishga tushirildi.

-Bir yarim yil ichida bu yerda xitoylik investorlarimiz bilan birgalikda keng ko’lamli ishlar bajarildi, -deydi “Farg'ona Yasin qurilish mollari” qo’shma korxonasi direktori o’rinbosari Erkinjon Mahmudov. –Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilib, loyihaning birinchi bosqichi ishga tushdi. Bu yerda bir kunda 2 ming 500 tonna sifatli tsement ishlab chiqarish imkoni bor. Bugun ishga tushirilgan yirik tsement zavodi nafaqat viloyat, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o’rin tutishishi shubhasiz. Loyihaning birinchi bosqichida 113 million dollar investitsiya o’zlashtirilib, 300 nafar yoshlar ish bilan ta'minlandi.

Ushbu investitsion loyihani amalga oshirish uchun aynan mazkur hudud tanlangani bejizga emas. Bu yerda ulkan xom ashyo zaxirasiga ega tsement, ohaktosh va tuproq (glina) konlari mavjud. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 200 million dollarni tashkil etib, korxonada yiliga 2 million tonna sifatli tsement ishlab chiqariladi. Loyihaning ikkinchi boqichi ishga tushgach, 700 nafar mahalliy aholi doimiy ish ta'minlanadi.

Korxonada ishlab chiqariladigan yuqori sifatli tsement mahsulotlari nafaqat ichki bozorda sotiladi, balki, uning ma'lum qismi eksport qilinishi ko’zda tutilmoqda.

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati

Suratlar muallifi M. Qodirov