PUXTA HOZIRLIK BILAN
2019-12-17 10:10:55 224
Joylarda bo’lgani kabi Quvasoy shahrida ham “Yangi O’zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostidagi saylovlarga puxta hozirlik ko’rilmoqda. Joriy yilgi saylovlarda quvasoyliklarning o’z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi kutilmoqda.
Saylovchilarning ovoz berishi uchun mavjud saylov uchastkalari zamonaviy usulda jihozlandi. Erkin ovoz berish uchun barcha qulaylik yaratildi. Beshta siyosiy partiya parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlarni ilgari surdi. Shu kunlarda ular joylarda bo’lib o’tayotgan uchrashuvlarda saylovchilarni o’zlarining saylovoldi dasturlari bilan tanishtirmoqda.
– Saylovlarda ishtirok etish qonun bilan belgilangan huquqimiz, – deydi yosh saylovchi, tadbirkor Bobomurod Hakimov. – Qaysi nomzodni yoqlab ovoz berish bu har bir saylovchining xohish-irodasiga bog’liq. Lekin, bu yilgi saylovlar hayotim davomida bo’lib o’tgan boshqa saylovlarga qaraganda juda qiziqarli boshlangani menga juda yoqdi. Televizorda har kuni siyosiy partiyalarning vakillari o’zaro bahslashib, turmushimizni yanada yaxshilash bo’yicha o’z g’oyalarini ilgari surishga intilmoqda. Turli shou-tadbirlar o’tkazib, saylovchilarni belgilab olgan maqsadlariga ishontirmoqchi, o’z g’oyalari ketidan odamlarni ergashtirmoqchi bo’lmoqda. Bunday tadbirlar bizni bo’lajak saylovda o’z ovozimiz bilan qatnashishga katta qiziqish o’yg’otayotir. Demak, bu saylovda mening ovozim ham muhim, deb o’ylayapman.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.