Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TAYYORGARLIK AVJIDA

 2019-12-17 10:09:33    167

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga “Yangi O’zbekiston – yangi saylovlar!” shiori ostida bo’lib o’tadigan saylov kuniga siyosiy partiyalar faolligi, saylov komissiyalarining puxta tayyorgarligi bilan yaqinlashib borilmoqda.
Yuqoridagi shiorga monand bu safargi saylovlar avvalgilarga nisbatan mutlaqo yangicha mazmun-mohiyat, o’zgacha rux kasb etayotgani bugun o’z ifodasini topayapti.
Quvasoy shahrida ham fuqarolar ko’tarinkilik kayfiyatida, saylovchilar va siyosiy partiyalar vakillarining faolligid sezilib turibdi, bu esa 22 dekabr kuni saylovlar yuqori saviyada o’tishidan nishona bermoqda.

Ushbu muhim siyosiy voqeaga tayyorgarlik jarayonlari davomida butunlay yangicha saylovlar mazmun-mohiyatiga yurtdoshlarimiz e’tiborini qaratish, xabardorligini oshirish, vatan taqdiriga daxldorlik, fuqarolik burchi tuyg’ularining oshganligidan dalolat berib turibdi.

Taniqli san’atkorlar, sportchilar, el-yurt hurmatini qozongan insonlarning ishtiroki, badiiy-musiqiy dasturlar ushbu tadbirning ommaviyligi, xalqchilligi va targ’ibot ta’sirchanligini ta’minlashga, pirovardida saylovlarda faollikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.