BARChA YIRIK VA MAHALLIY KORXONALAR HAMDA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
2019-12-10 14:33:19 245
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4302-sonli qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 833-sonli “Sanoat yarmarkalari va elektron kooperatsiya birjasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari asosida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida www.cooperation.uzdomeni ostida elektron kooperatsiya birja portali tashkil etildi.
Mazkur portalda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari to'g'risidagi batafsil ma'lumotlardan xabardor bo'lish imkoniyati yaratildi.
Shunga ko'ra, shahrimizdagi yirik va mahalliy korxonalar hamda tadbirkorlartomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari to'g'risidagi ma'lumotlarni portalga kiritish orqali hududimiz tadbirkorlariga o'z mahsulotlarini bepul reklama qilish imkoniyati yaratildi.
Shuningdek, ushbu portal orqali yirik va mahalliy korxonalar hamda tadbirkorlar kerakli mahsulotlarni vositachilarsiz, to'g'ridan-to'g'ri elektron savdolarda sotib olish yoki o'z mahsulotlarini sotishlari mumkin bo'ladi.
Estalib o'tamiz, www.cooperation.uz domeni ostidagi portalga murojaat qilish bepul.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.