Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ShAShKAChI QIZ G’ALABASI

×

 2017-09-28 11:14:36    536

PDF yuklash
Chop etish


Niyara  Abdishaeva  Farg’ona shahar 40-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 9-sinfida a’lo baholarga o’qish bilan birga sportning shashka turi bilan o’n yildan buyon shug’ullanadi. Farg’ona viloyat ayrim o’yin turlariga va engil atletikaga  ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi xalqaro arenalarda Vatanimiz sport sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda.

  Bolgariyaning Kranevo shahrida  yoshlar va xotin-qizlar o’rtasida shashka bo’yicha jahon chempionati  bo’lib o’tdi. Unda Rossiya, Belorusiya, Ukraina, Moldova, Estoniya, Latviya kabi o’ndan ziyod davlatlardan 200 nafar  saralangan sportchi ishtirok etdi.

Jahon chempionatida 2001-2003  yillarda  tug’ilgan qizlar  o’rtasida viloyatimiz vakili tezkor shashka turi bo’yicha bahslarda  yuqoridagi davlatlar sportchilari  bilan bahslashib, yakunda o’z  yosh toifasida 2-o’rinni egallab,  kumush medal sohibiga aylandi. Chempionatda Niyara farg’onalik Malika Xalilova bilan milliy terma jamoamizning umumjamoa hisobida faxrli 3-o’rinni egallashiga munosib hissa qo’shishdi.  

Kelajagi  porloq, umidli shashkachi  N.Abdishaeva uchun 2017  yil omadli keldi. Uning  erishgan  yutuqlari salmoqli. Yil boshida sport ustasi degan nomga sazovor bo’ldi. Aprel oyida  Toshkentda  o’tkazilgan shashka  bo’yicha  respublika  chempionatida  klassik, blits va rapid yo’nalishlarining  har birida 3 ta oltin medalni qo’lga kiritdi.  Bundan tashqari  o’ndan ortiq davlat sportchilari  ishtirok  etgan  Osiyo chempionatida oltin medal  Niyaraga nasib etdi.

Iqtidorli shashkachi shu yil 19-29 oktyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida  ayollar o’rtasida o’tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlab yubordi.