SHAHAR HOKIMLIGIDA 2024-YILNING 1-CHORAGI DAVOMIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH NATIJALARI YUZASIDAN XISOBOT
2024-04-03 10:24:45 233
Shahar hokimligiga 2024-yilning I-choragi davomida barcha manbalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan jami 137 ta (127ta) murojatlar, shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 59 ta (51ta), Xalq qabulxonasi orqali 51 ta (30 ta), Bosh Prokuratura ishonch telefoni orqali 6 ta (11 ta) va shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 21 ta (33 ta) yozma murojaatlar kelib tushgan. (Bu ko‘rsatgich 2023 yilning shu davrida 127 tani tashkil etib, 10 taga yoki 7,3% oshgan). Mazkur murojaatlarning 71 tasi (51,8%) ijobiy hal etilgan, 66ta (48,2%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan.
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Moddiy yordam ajratish masalasida 37 ta (27%), Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish masalasida 30 ta (21,9%), Ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish masalasida 24 ta (17,5%), Tungi yoritish chiroqlari o‘rnatib berish masalasida 8 ta (5,8%), Hududlarni obodonlashtirish va Tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida 7 tadan (5,1%), Xonadonni ta’mirlash masalasida 3 ta (2,2%), Noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, Yer maydonlarni sug‘orish va Raxbarlar faoliyati masalalarida 2 tadan (1,4%), Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish, Qishloq ho‘jaligi, Ish bilan ta’minlash masalalarida 1 tadan (0,7%) hamda sohaga oid boshqa masalalarda 12 ta (8,7%) murojaatlar qayd etilgan.
Joriy yilning I-choragi davomida shahar hokimi Z.To‘rakulov tomonidan 11 marotaba shahsiy hamda 15 marotaba ommaviy sayyor qabul o‘tkazilib, qabullar davomida jami 166 nafar fuqarolarning murojaatlari ro‘yxatga olingan. Shundan, 95 nafar (57,2%) fuqaroning murojaatlari ijobiy hal etilgan, 71 nafar (42,8%) fuqaroning murojaatiga qonuniy tushuntirish berilgan.