"YOSHLARGA ENG KO‘P YORDAM KO‘RSATGAN TADBIRKOR" NOMINATSIYASI G‘OLIBI ANIQLANDI
2024-06-03 14:34:03 2033
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning may - iyun oylari davomida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan edi.
Ana shu tadbirlar doirasida Quvasoyda ham “Yoshlarga eng ko‘p yordam ko‘rsatgan tadbirkor” nominatsiyasi g‘olibini aniqlash uchun tegishli ishchi guruhi tomonidan 3 nafar tadbirkor faoliyati o‘rganildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra "Sitorai Mohi Xosa textile" MCHJ shahar bosqichi g‘olibi deb topilib, viloyat bosqichiga yo‘lanma oldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram