SENAT ISHCHI GURUHI “O‘ZBEKISTON” CHEGARA BOJXONA POSTI FAOLIYATINI O‘RGANDI
2024-05-28 20:03:59 2078
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Baxadir Tajiyev rahbarligidagi ishchi guruhi a’zolari Quvasoy shahrida bo‘lib, “O‘zbekiston” chegara bojxona posti faoliyati bilan tanishdilar. Qo‘mita raisiga viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunov hamrohlik qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga o‘z vaqtida va sifatli bojxona xizmatlarini ko‘rsatish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer ajratish, eksportbop ekinlarni joylashtirish hamda eksport hajmini oshirish bo‘yicha Farg‘ona viloyatida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish doirasida amalga oshirilgan tashrif davomida bojxona postida yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i Ixvoljon Azimov Farg‘ona viloyatini xorijga bog‘lovchi muhim ko‘prik bo‘lgan ushbu chegara bojxona postining yangi qurib bitkazilgan, zamonaviy va ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan binolari, mavjud imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bojxona nazoratining eng so‘nggi va zamonaviy texnik vositalari o‘rnatilgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ishchi guruhning viloyatimiz shahar-tumanlaridagi o‘rganishlari davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram