QUVASOYDA SEKTOR RAHBARLARINING SHAXSIY QABULLARI TASHKIL ETILDI
2024-05-21 18:42:08 1368
Bugun Quvasoy shahridagi Xalq qabulxonasida shahar sektor rahbarlarining shaxsiy qabullari bo‘lib o‘tdi.
Qabulda fuqarolar uy-joy, bandlik, moddiy yordam, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmatlar, tadbirkorlik, imtiyozli kredit olish kabi turli masalalarda murojaatlarni amalga oshirdilar.
Qabul davomida murojaatlarning ko‘pi o‘z yechimini topgan bo‘lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlarni mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram