Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAG‘ISHLAB O‘TKAZILGAN FUTBOL TURNIRI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

×

 2024-05-08 16:53:59    281

PDF yuklash
Chop etish


9 - may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Quvasoy shahrida “Xotira – abadiy, millat - barhayot” shiori ostida futbol turniri bo‘lib o‘tdi. Unda shahrimizdagi eng kuchli 7 ta jamoa g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Murosasiz kechgan baxslar quvasoylik yangi iqtidorli sportchi-yoshlarni kashf etdi va turnir yakunida g‘olib jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, “Sementchi” PFK rahbari Mo‘ysinjon Mehmonov hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Turnirda “Arsif” jamoasi 3 - o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Sementchi” professional futbol klubining 2013 - yilda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan jamoasi 2 - o‘ringa ega chiqdi.

“Sementchi” professional futbol klubining 2012 - yilda tug‘ilgan yoshlardan tarkib topgan jamoasi faxrli 1 - o‘rinni oldi va ko‘chma kubok sohibi bo‘ldi.

Gʻoliblarga turnir tashkilotchilarining diplom, medal hamda sovg‘alari topshirildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram