Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA MILLIY QADRYATLAR VA URF-ODATLAR FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-05-03 18:45:09    711

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirda shahar hokimligi, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, ota-onalar hamda yoshlar qatnashdi.

Turli millat vakillari istiqomat qilayotgan shahrimizda yoshlarni milliy an’analarimiz, qadriyat va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida kamol topishlariga qaratilgan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Unda o‘quvchilar ustozlari ko‘magida tayyorlagan ko‘rgazmalari orqali milliy taomlarni, liboslarni yig‘ilganlar e’tiboriga havola qildilar. Oshpazlar tanlovi esa hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.

Turli tillarda yangragan qo‘shiqlar, xalqlarning urf-odatlari va an’analarini ifoda etgan sahna ko‘rinishlari, betakror raqslar ijrosi yosh iqtidorlarni kashf etdi va barchada katta taassurot qoldirdi.

May oyi - madaniy-ma’rifiy tadbirlar oyligi doirasida Quvasoy shahrida bu kabi tadbirlar davom etmoqda.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram