QUVASOYDA IJTIMOIY – MA’NAVIY MUHIT BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2024-04-26 16:22:52 1257
Bugun Quvasoy shahar hokimligida joriy yilda hududlarda ijtimoiy – ma’naviy muhit barqarorligini yanada mustahkamlash masalalarida olib borilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Mo‘ydinjon Xolmatov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimi hamda daxldor idoralar vakillari ishtirok etdi.
Shahardagi ta’lim va tibbiyot muassasalari rahbarlari, ularning tegishli o‘rinbsarlari jalb etilgan tadbirda yoshlar masalalari hamda aholi orasida olib borilayotagan sog‘lom turmush targ‘iboti haqida atroflicha so‘z bordi.
Jumladan, o‘g‘il - qizlarni “ommaviy madaniyat” ning salbiy oqibatlaridan asrash, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ushbu yo‘nalishda bugungi kunda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari kun tartibidan o‘rin oldi.
Shuningdek, yig‘ilishda tibbiyot xodimlarining o‘z kasblariga sodoqatli bo‘lishlari zarurligi qayd etilib, ayniqsa, bemorlar bilan muomala madaniyatiga amal qilishlari muhim jihatlardan biri ekanligi ta’kidlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram