OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI DEPUTATLARI QUVASOYDA “MAHALLA YETTILIGI” A’ZOLARI HAMDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
2024-04-22 10:07:41 358
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Xayrillo Gapporov boshchiligidagi bir guruh deputatlar Quvasoy shahrida bo‘lib, Pakana hamda Isfayramsoy MFY larda “mahalla yettiligi” a’zolari hamda aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuvlarda deputatlar Senat tomonidan tasdiqlangan so‘nggi qarorlar hamda ularning mazmun - mohiyati to‘g‘risida ma’lumot berdilar.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 - yil 4 - aprelda tasdiqlangan “Mahallalardagi muammolarni hal etishda mahalliy Kengash deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha tushunchalar tadbir ishtirokchilariga yetkazildi.
Mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi” tashkil qilingani yana bir bor ta’kidlandi.
Belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda “Mahalla yettiligi”ga ko‘maklashish, mahallalarda qabul qilinayotgan qarorlarning haqqoniyligi va asosliligini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvlar davomida tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga deputatlar tomonidan javoblar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram